Ozarbayjonda 7 kishi prezidentlik uchun kurashadi
Siyosat
Ozarbayjon MSK yig‘ilishida “Buyuk bunyodkorlik” partiyasidan Fozil Mustafo, “Buyuk Ozarbayjon” partiyasidan Elshod Musayev, Ozarbayjon Yagona Xalq fronti partiyasidan Gudrat Hasanguliyev va avvalroq o‘z-o‘zini ko‘rsatishi tasdiqlangan Fuod Aliyevning nomzodlari ro‘yxatga olingan.
Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga yana to‘rt nafar nomzodni – respublika Milliy Majlisi (parlamenti) deputatlari Gudrat Hasanguliyev va Fozil Mustafo, shuningdek, Liberal-demokratik partiyaning sobiq raisi Fuad Aliyev va “Buyuk Ozarbayjon” partiyasi rahbari Elshad Musayevni ro‘yxatga oldi. Markaziy saylov komissiyasining majlisida tegishli qaror qabul qilindi.
Umuman olganda ro‘yxatga olingan nomzodlar soni yetti nafarga yetdi. Avvalroq MSK hukmron “Yangi Ozarbayjon” partiyasidan ko‘rsatilgan amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyev, shuningdek, parlament a’zolari Zohid Oruj va Rozi Nurullayev nomzodlarini ro‘yxatga olgan edi.
Gudrat Hasanguliyev 2003-yildan beri barcha prezidentlik saylovlarida qatnashgan, biroq 3 foizdan ko‘p bo‘lmagan ovoz olgan. Fozil Mustafo va Fuad Aliyev 2008-yilgi saylovlarda ham davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilgan va keyin mos ravishda 2,47 foiz va 0,78 foiz ovoz olgan.
8-yanvar kuni nomzodlarning ro‘yxatga olish uchun MSKga hujjatlarni topshirish muddati tugadi. Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, saylovda ishtirok etish uchun 17 nafar fuqaro ariza bergan, biroq ulardan 10 nafari roʻyxatga olish uchun zarur boʻlgan kamida 40 ming imzo toʻplangan imzo varaqlarini taqdim etmagan.
7-dekabr kuni Ilhom Aliyev respublikada navbatdan tashqari Prezident saylovini 2024-yil 7-fevralda o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Aslida saylovlar 2025-yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Ozarbayjon prezidenti yetti yilga saylanadi, muddatlar soni bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. Oxirgi prezidentlik saylovlari 2018-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tdi, Aliyev g‘alaba qozondi – unga saylovchilarning 86,22 foizi ovoz berdi, 74,5 foiz ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor