Ozarbayjonda III MDH o‘yinlari boshlandi: O‘zbekiston ilk medallarni qo‘lga kiritdi

Sport

Ozarbayjonning Ganja shahrida III MDH o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar 8-oktabrgacha davom etadi. O‘zbekiston delegatsiyasi 23 sport turi bo‘yicha 254 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

Ozarbayjonda III MDH o‘yinlari boshlandi: O‘zbekiston ilk medallarni qo‘lga kiritdi
Dastlabki kunda o‘zbekistonlik suzuvchilar medallarni qo‘lga kiritishdi. 50 metr masofaga brass usulida suzishda Muhammadismoyil Rahmonov 29,92 soniya natija bilan bronza medalini oldi. Yana bir bronzani Javlon G‘aniev 200 metr batterflay yo‘nalishida (2:13.63) keltirdi.

Bugun sportchilarimiz stol tennisi, futbol, suzish, sambo, taekvondo WT va boks bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing