Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” yorligʻi ostida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari “Savdo uyi” ochiladi

Iqtisodiyot

Ushbu savdo maskani shou-rumida “Made in Uzbekistan” yorligʻi ostida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari namoyish etiladi.

Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” yorligʻi ostida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari “Savdo uyi” ochiladi
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosida yirik hajmda qurilish materiallari ishlab chiqarish va ularning savdosi bilan shugʻullanuvchi “Greenstream International” MCHJ kompaniyasi rahbari Ramin Sharifov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Shuningdek, O'zbekiston savdo uyini ochish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi. Eʼtiborlisi, ushbu savdo maskani shou-rumida “Made in Uzbekistan” yorligʻi ostida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari namoyish etiladi hamda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari haqida toʻliq maʼlumotlar berib boriladi.

Tadbir doirasida mehmonlar yangi qurilish materiallari texnologiyalarini oʻrganish, oʻzaro tajriba almashish, qurilish-montaj ishlarida samaradorlikni oshirish hamda Respublikada amalga oshirilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing