Ozarbayjonda Qurolli kuchlar tashkil etilganining 106 yilligi nishonlanmoqda

Dunyo

Bugun Ozarbayjonda mamlakat Qurolli kuchlari tashkil etilganining 106 yilligi nishonlanmoqda.

Ozarbayjonda Qurolli kuchlar tashkil etilganining 106 yilligi nishonlanmoqda
Mamlakat qurolli kuchlari 1918-yil 26-iyunda Ozarbayjon demokratik Respublikasi Vazirlar Kengashi (ADR) qarori bilan tashkil etilgan. Xosrov bek Sultonov birinchi mudofaa vaziri etib tayinlandi. Birinchi harbiy parad 1919-yilda bo'lib o'tdi. Ammo 1920-yilda sovet istilosidan soʻng Mudofaa vazirligining faoliyati tugatilib, armiya tarqatib yuborilgan.

1991-yilda Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, oʻz qurolli kuchlarini tikladi. 1998-yildan beri 26-iyun Qurolli kuchlar kuni sifatida rasman nishonlanadi. 2011-yilda Bokuda mustaqillik tiklanganining 20 yilligi sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tdi.

Hozirda Ozarbayjon Qurolli kuchlari moddiy-texnik ta’minoti va jangovar salohiyati bo‘yicha Janubiy Kavkazdagi eng kuchli armiya hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing