Ozarbayjonning Mustaqillik kuni: tiklanish va farovonlik ayyomi

Dunyo

28-may kuni Ozarbayjonda Mustaqillik kuni nishonlanadi. Bu Ozarbayjon davlatchiligining qayta tiklanishi ramzi bo'lgan muhim sanadir.

Ozarbayjonning Mustaqillik kuni: tiklanish va farovonlik ayyomi
1918-yilning aynan shu kuni Ozarbayjon demokratik Respublikasi e'lon qilindi va Musulmon Sharqida birinchi respublika dunyo yuzini ko’rdi. Tiflisdagi sobiq Kavkaz noibi saroyi zalida imzolangan Mustaqillik deklaratsiyasi mamlakatning kelgusi taraqqiyotiga tamal toshini qo’ydi.

O'sha onlardan buyon Ozarbayjon uzoq yo'lni bosib o'tdi va barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishdi.

Bugungi kunda u barqaror iqtisodiyoti, boy madaniyati va kuchli xalqaro obro'siga ega, jadal rivojlanayotgan mamlakatdir.

Ushbu muhim kunda “Bright Uzbekistan” jamoasi qardosh ozar xalqini Mustaqillik kuni bilan chin yurakdan muborakbod etadi!

Xalqingizga tinchlik, farovonlik, yangi-yangi yutuqlar va betakror diyoringiz manfaati yo’lida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ilohim, Ozarbayjon hamisha yakdillik, matonat va taraqqiyotga so‘nmas intilish namunasi bo‘lib qolsin!

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing