O’zbekiston milliy terma jamoasida navbatdagi g’alaba

Sport

FIFA kunlari doirasida futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 21-mart kuni JCH-2026 2-saralash bosqichida navbatdagi oʻyinini oʻtkazdi.

O’zbekiston milliy terma jamoasida navbatdagi g’alaba
Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olgan bahsda Srechko Katanes shogirdlari Gonkongga qarshi maydonga chiqishdi.

O’zbekiston futbolchilari 2:0 hisobida g’alaba qozonib, ochkolari sonini 7 taga yetkazib olishdi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston terma jamoasi ushbu saralash bosqichida Eron, Turkmaniston va Gonkong terma jamoalari bilan birgalikda «E» guruhidan joy olgan. Eron o‘z maydonida Turkmaniston darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. Shu tariqa, Eron va O‘zbekiston bir xil 7 ochko to‘pladi va to‘plar nisbatiga ko‘ra, 1-2 o‘rinlardan joy oldi. Gonkong va Turkmaniston hamon 1 ochko jamg‘argan holda 3-4 pog‘onada qolmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing