Oʻzbekistonlik merganlar JCHda ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi
Sport
Janubiy Koreyada o‘q otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 50 metr masofadan to‘pponchadan otish dasturida ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Foto: Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati
14−25-iyul kunlari Janubiy Koreyaning Chxanvon shahrida o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, oʻzbekistonlik sportchilar yoshlar o‘rtasida 50 metrga to‘pponchadan otish dasturida ikkita sovrinni qo‘lga kiritgan. Individual dasturda Veniamin Nikitin, jamoaviy dasturda esa Muhammad Kamolov, Ilhombek Obidjonov va Veniamin Nikitin ikkinchi o‘rinni egallagan.
“Umumjamoa hisobida O‘zbekiston 15-o‘rinni band etdi. Eng kuchli uchlikka Xitoy (12 oltin, 9 kumush va 7 bronza), Hindiston (6−6−5) va Ukraina (5−3−2) terma jamoalari kirdi. Qozog‘iston 4-o‘rinni egalladi (4−4−2)”, deyiladi xabarda.
Musobaqada dunyoning 44 davlatidan 550 dan ortiq snayperlar ishtirok etmoqda.
O‘tgan yili Misrda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy dasturda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu yil snayperlar individual dasturda ham terma jamoa hisobiga medal yozib, o‘z natijalarini yangilashdi.

Powered by Froala Editor