O'zbekiston 2024-yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish va eksportini oshirmoqda

O'zbekiston

AOKAda matbuot anjumanida qurilish materiallari ishlab chiqarish va qo‘llashda sifat va nazorat masalalari haqida ma’lumot berildi. Bu haqda O'zbekiston qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining matbuot qizmati ma’lum qildi.

O'zbekiston 2024-yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish va eksportini oshirmoqda
Anjuman qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, "O‘zsanoatqurilishmaterillari" uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, 2024-yilda qurilish materiallari sohasida jami 37,9 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish kutilmoqda (o‘sish 111,0%).

Shuningdek, 2024-yilda umumiy qiymati 2,2 mlrd dollarlik bo‘lgan jami 540 ta loyiha amalga oshiriladi. Shuningdek, 1,1 mlrd dollarlik qurilish materiallari eksport qilinadi.

2024-yil I-choragida 152,9 mln dollarlik eksport amalga oshirildi. Xususan, 17,5 mln dollar PVX profillar va trubalar, 8,2 mln dollar alyumin profillar, 12,2 mln dollar keramik plitka va keramika mahsulotlari, 9,6 mln dollar quruq qurilish aralashmalari va sementdan bog‘lovchi materiallar, 16,3 mln dollar oboy kabi qurilish materiallarining eksporti amalga oshirildi.

Ushbu davrda qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar, ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan tashqari Ozarbayjon, Turkiya, Kanada, Ruminiya davlatlari hisobiga kengaytirildi.

"O‘zsanoatqurilishmaterillari" uyushmasi tasarrufidagi 50 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarida Sifat menejment tizimi (ISO 9001) joriy etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing