O‘zbekiston "Amazon Kuiper" global tarmog‘iga ulanadi

O'zbekiston

American Chambers forumi doirasida O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Amazon Kuiper Commercial Services LLC o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat mamlakatda sun’iy yo‘ldosh orqali yuqori tezlikdagi internetni joriy etish va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekiston "Amazon Kuiper" global tarmog‘iga ulanadi
Vazir Sherzod Shermatov va Amazon Kuiper vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda keng polosali internet xizmatlarini takomillashtirish hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini zamonaviylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Project Kuiper — Amazon kompaniyasining Yer orbitasidagi (LEO) sun’iy yo‘ldoshlar orqali dunyo bo‘ylab tezkor internetni taqdim etishga mo‘ljallangan global loyihasidir. Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda raqamli imkoniyatlarni kengaytirish va uzoq hududlardagi aholini internet bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing