O‘zbekiston avtomobil sanoati ishlab chiqarish rekordini yangiladi

O'zbekiston

2024-yilning yanvar-mart oylarida 91 ming dona avtomobil ishlab chiqarildi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 36 mingtaga yoki 65%ga o‘sish demakdir. Shunday qilib, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati tarixiy yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish etmoqda.

O‘zbekiston avtomobil sanoati ishlab chiqarish rekordini yangiladi
UzAuto Motors (sobiq GM Uzbekistan) kompaniyasi O'zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarishda yetakchi bo'lib qolmoqda. Birinchi chorakdagi eng ommabop modellar: 1) Chevrolet Cobalt (28 ming dona, 60%ga o‘sish), 2) GM GEM (Chevrolet Tracker + Chevrolet Onix) – 20 ming dona va 3) Chevrolet Gentra – 8,8 ming dona.

Boshqa montaj loyihalarida ham o'sish bor. ADM Jizzax zavodida dastlabki uch oyda 4980 Kia va 2990 Chery avtomobillari yig‘ildi. Haval va Exeed avtomobillarini yig'ish mos ravishda 205 va 38 donani tashkil etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing