Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida islohotlarning borishi, so‘nggi oylardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar va tashqi muhitning dolzarb muammolarini baholashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Yig‘ilishda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning besh oyida O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish 6,4 foizga, eksport 18 foizga, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 46 foizga o‘sgan. Mamlakatda 3 milliard dollarlik 2,5 mingdan ortiq yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, 2,4 million fuqaroning barqaror daromadi ta’minlandi.

Davlat rahbarining qayd etishicha, "Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lash zarurati har qachongidan ham ortib bormoqda.

Shuning uchun har bir hokim o‘z hududidagi, vazirlar esa o‘z tarmog‘idagi imkoniyat va xavf-xatarlarni oldindan ko‘ra bilishi, ko‘rsatma kutib o‘tirmasdan, tashabbus bilan ishlashga o‘tishi kerak.

Eng muhimi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirish, ular so‘ragan masalalarni tez-tez hal etib borish bu rahbarlarning asosiy vazifasi bo‘lishi kerak.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing