Yangi mavsum – yangi sharoitlar: issiqxonalarga davlat yordami kuchaymoqda
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar e’lon qilindi.
Prezident raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda issiqxona xo‘jaliklarini yanada qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Qarorga ko‘ra, tabiiy gazda ishlaydigan va eksport majburiyatini olgan issiqxonalarga qish mavsumida kafolatli gaz yetkazib beriladi.
Ko‘mir yoki boshqa muqobil yoqilg‘i bilan ishlayotgan, lekin eksport majburiyatini olgan issiqxonalarga ham tabiiy gazga qaytish imkoniyati yaratiladi.
Bunda, oktyabrdan martgacha bo‘lgan davr uchun gaz to‘lovi oldindan 50 foiz qilib belgilanadi. Issiqxonalar 1-oktyabrgacha gaz korxonalari bilan shartnoma imzolashi shart.
Tabiiy gazdan boshqa isitish tizimiga o‘tgan issiqxonalarga ajratilgan kredit muddatlari uzaytiriladi.
Agar issiqxona issiqlik nasoslari texnologiyasida tashkil etilgan bo‘lsa, xarajatlarning 20 foizgacha qismi yoki kredit orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, foiz stavkasining 4 foizi qoplab beriladi.
Shuningdek, issiqxonalar, toifasidan qat’i nazar, yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlari stavkasi asosida to‘laydi.
2028-yilgacha issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi.
Soliq qo‘mitasiga esa gaz qisqartirilgan issiqxonalardan ajratilgan resurslar boshqa sohalarda qanday samara berayotganini o‘rganish, kam qiymat qo‘shayotgan yo‘nalishlardan gazni issiqxonalarga qaytarish topshirildi.
Toshkent viloyatidagi issiqxonalar faoliyati havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, bu masala bo‘yicha aniq chora ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

Powered by Froala Editor