Oʻzbekiston — ayollar velosportida Osiyo yetakchisi
Sport
Oʻzbekiston ayollar velosport terma jamoasi Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) yangilangan reytingida Osiyoda birinchi oʻrinni egallab, dunyo miqyosida ham yuqori pogʻonaga koʻtarildi.
UCI reytingiga koʻra, Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi dunyoda 22-oʻrinni, Osiyoda esa birinchi oʻrinni band etdi. Bu natija oʻzbek velosipedchi qizlarining tayyorgarlik darajasi oshib borayotgani va xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini tasdiqlaydi.
Erkaklar terma jamoasi ham mintaqada kuchli oʻrinlarni saqlab qolmoqda. U Osiyo reytingida Qozogʻistondan keyin ikkinchi oʻrinda, jahon reytingida esa 40-pogʻonada joylashgan.
Yangilangan UCI reytingi Oʻzbekistonda velosportni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar va milliy jamoalarning xalqaro maydondagi yutuqlarini aks ettiradi.

Powered by Froala Editor