O‘zbekiston Belarusga yangi elchisini tayinladi

Siyosat

2018–2021-yillarda Belarusdagi elchixonani boshqargan Nosirjon Yusupov o'rniga Rahmatulla Nazarov tayinlandi. U tayinlovga qadar elchixona maslahatchisi, Muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajarayotgan edi.

O‘zbekiston Belarusga yangi elchisini tayinladi
Belarus poytaxtida 2021-yildan buyon elchixona maslahatchisi, Muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajarayotgan O'zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Rahmatulla Nazarov o'z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

U 53 yoshda. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1995-yilda Toshkent shahridagi tijorat tuzilmalarida boshlagan. 1997-yilda Tashqi ishlar vazirligiga Shartnoma-huquq boshqarmasining attashesi lavozimiga ishga qabul qilingan, keyinroq boshqa bir qator boshqarmalarda turli lavozimlarda, jumladan, Tashqi ishlar vazirligining boshqarma boshlig'i, shuningdek, Belgiya va Qirg'izistondagi elchixonalarda, Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo'yicha milliy koordinator sifatida ishlagan. O'tgan yillar davomida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida, Toshkentdagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazining birinchi direktori bo'lgan hamda Senat a’zosi etib saylangan.

Belarusga tayinlanishidan oldin u tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan. Rus, ingliz va fransuz tillarini biladi.

Eslatib o'tamiz, Minsk shahridagi elchixona 2018-yilda ochilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing