O‘zbekiston Ekologiya vazirligi 25-mart kuni elektr energiyasini bir soatga o’chirishga chaqirmoqda
Dunyo
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan O’zbekisonda 25-mart — “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya o‘tkaziladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu kuni sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi.
“Sizni ushbu aksiyada ishtirok etishga va atigi 60 daqiqaga elektrni o'chirishga taklif qilamiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz” ― deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor