O‘zbekiston futbolchilari Qatar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi

Sport

Qatarda o'quv-yig'in mashg'uloti doirasida O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi 23-mart kuni maydon egalariga qarshi birinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi. Bu haqda O'zbekiston MOQ xabar bermoqda.

O‘zbekiston futbolchilari Qatar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi
O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da “Abdulloh bin Xalifa” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi o'yinda durang natija qayd etildi - 1:1. Terma jamoadagi yagona golga Alisher Odilov mualliflik qildi. Endi ikkinchi sinov uchrashuvi 26-mart kuni bo'lib o'tadi.

Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Jahon chempionati-2026 saralash bosqichining 3-tur uchrashuvida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing