«O‘zbekiston global inqirozdan kuchli davlat bo‘lib chiqishi kerak» — Alisher Qodirov
O'zbekiston
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xivada tadbirkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar iqtisodiyotni bir necha barobar oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirish uchun sharoit yaratishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, global beqarorlik davri O‘zbekiston uchun islohotlarni yanada jadallashtirish omiliga aylanishi mumkin.
Qodirovning qayd etishicha, so‘nggi o‘n yil ichida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti uch barobar oshgan, eksport hajmi $1 milliardga yetadigan kompaniyalar soni esa ko‘paymoqda. Uning fikricha, mamlakat allaqachon «kuchli o‘rta darajadagi davlat»ga aylanib bormoqda va bu holat xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda.
Siyosatchi tadbirkorlik uchun mavjud to‘siqlarni bartaraf etish zarurligiga ham e’tibor qaratdi. Uning fikricha, cheklovlarning bekor qilinishi biznesni davlat imtiyozlariga qaram qilish emas, balki kompaniyalarni o‘sishga undashi kerak.
«Imtiyozlar zaiflashtiradi. Tadbirkor har doim raqobatbardosh bo‘lishi, imtiyoz izlab yurmasligi kerak», — deb yozdi Qodirov.
U, shuningdek, $180 milliardlik iqtisodiyot O‘zbekiston uchun «juda kichik» ekanini bildirdi. Siyosatchi misol sifatida YaIMni $400 milliardga yetkazishni maqsad qilgan Qozog‘iston va $1 trillionlik ko‘rsatkichni ko‘zlayotgan Turkiyani keltirdi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Xivada qabul qilingan qarorlar iqtisodiyotni ikki, uch, ehtimol, to‘rt barobar oshirishga qaratilgan.
«O‘zbekiston global inqirozdan kuchli davlat bo‘lib chiqishi kerak. Buning uchun Xiva uchrashuvi ishtirokchilari orasida yirik, raqobatbardosh kompaniyalar ko‘payishi kerak», — dedi u.
U iqtisodiy taraqqiyot davlat va qonunlarni chetlab o‘tish uchun mansabdorlarni «sotib oladigan» tadbirkorlar orqali ta’minlanmasligi kerakligini ham ta’kidladi.
Qodirov uzoq muddatli istiqbolda, islohotlarning hozirgi sur’ati saqlanib qolsa, 2035-yilga borib O‘zbekiston YaIMini $500 milliardga yetkazish mumkin, deb hisoblaydi. Buning uchun tadbirkorlar tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lishi, qonunlarga rioya qilishi, jamiyat esa adolat tamoyillarini saqlashi va erishilgan natijalarni qadrlashi zarur.

Powered by Froala Editor