O‘zbekiston GTL naftasini O‘rta yo‘lak orqali Qora dengizga olib chiqdi

O'zbekiston

O‘zbekiston GTL naftasini Qora dengiz portlari orqali xalqaro bozorlarga eksport qilishni boshladi va gaz-kimyo mahsulotlari yetkazib berish geografiyasini kengaytirdi. Tashuvlar O‘rta yo‘lak orqali Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi va Turan Energy AFEZCO bilan strategik hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston GTL naftasini O‘rta yo‘lak orqali Qora dengizga olib chiqdi
Uzbekistan GTL Gas-to-Liquids texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan naftani yetkazib bermoqda. «O‘zbekneftgaz» yangi hamkorlik qo‘shimcha logistika imkoniyatlarini ochayotgani va jahon bozorlarida yuqori sifatli GTL mahsulotlariga qiziqish ortib borayotganini ta’kidladi.

Qora dengiz yo‘nalishiga chiqishning asosiy nuqtasi Gruziyadagi Kulevi porti bo‘ldi. SOCAR Trading O‘zbekiston naftasini jo‘natish va Qora dengiz portlariga yetkazib berishni boshladi.

SOCAR ma’lumotlariga ko‘ra, Ozarbayjon har yili Qozog‘iston va Turkmanistondan qariyb 4 million tonna neftni xalqaro bozorlarga tranzit qiladi. 2026-yildan ushbu yo‘nalishga O‘zbekiston ham qo‘shildi.

GTL naftasi eksportining boshlanishi mamlakat uchun yangi eksport kanalini yaratib, uning xalqaro energetika va transport-logistika zanjirlaridagi ishtirokini kuchaytiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing