O‘zbekiston korrupsiyani qabul qilish indeksida besh pog‘onaga ko‘tarildi

O'zbekiston

Bu boradagi ijobiy oʻzgarishlar sifatida korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralari qo‘llanilgani ta’kidlangan.

O‘zbekiston korrupsiyani qabul qilish indeksida besh pog‘onaga ko‘tarildi
Bugun "Transparency International" xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2023-yil natijalari e’lon qilindi.

180 ta davlat orasida O‘zbekiston 33 ball bilan 121-o‘rinni egalladi. Ahamiyatlisi, mamlakat ballarini 2 taga oshirib, reytingdagi o‘rnini 5 pog‘onaga yaxshilashga (2022-yilda 126 o‘rin) erishgan.

O‘zbekiston mazkur indeksda so‘nggi 7 yil davomida o‘sish sur'atlarini qayd etayotgan (2017-yilda 22 baldan 2023-yilda 33 ballgacha) davlat sifatida e’tirof etilgan.

Bu boradagi ijobiy oʻzgarishlar sifatida normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan turli aksilkorrupsiyaviy tartib-taomillarning ishlab chiqilgani, vazirlik va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlari samarali joriy etilgani qayd etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing