O‘zbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilindi

Siyosat

Al-Kuvayt shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh O‘zbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar.

O‘zbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilindi
Shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:

Sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;

Mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

"Aqlli" shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

San’at va madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

Turizm sohasida 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi;

Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing