O‘zbekiston MDH doirasida tovarlar sertifikatlarining raqamli almashinuvini tashkil etishni taklif qildi

O'zbekiston

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov tashkilot hamkorlariga tovarlar sertifikatlarini raqamli almashish tizimini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Bu haqda O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston MDH doirasida tovarlar sertifikatlarining raqamli almashinuvini tashkil etishni taklif qildi
Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov taklif etilayotgan tashabbus tovarlarning erkin harakatlanishidagi to‘siq va cheklovlarni kamaytirish, yuk tranzitini tezlashtirish hamda kontrafakt tovarlarning transchegaraviy olib o‘tilishiga qarshi kurashish bo‘yicha bojxona xizmatlari o‘rtasida axborot almashinuvini yaxshilashga xizmat qilishini tushuntirdi.

Eslatib o’tamiz, bugun Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston anjumanlar saroyida yig‘ilishning asosiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing