O‘zbekiston Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida savdo vakolatxonalarini ochadi

Iqtisodiyot

O‘zbekiston yaqinda Moskva, Qozon, Novosibirsk, Sankt-Peterburg va Ufada savdo vakolatxonalarini ochish niyatida, deb xabar bermoqda “TASS” O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Bobur Rasulevga tayanib.

O‘zbekiston Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida savdo vakolatxonalarini ochadi
"Yaqin kelajakda Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tatariston (Qozon) va Boshqirdiston (Ufa) shaharlarida O'zbekiston savdo vakolatxonalari ochilishi kutilmoqda. O'zbekiston ushbu mintaqalarning savdo-sanoat palatalari bilan anchadan beri hamkorlik qilib kelmoqda va o’zaro iqtisodiy aloqalar rivojlanganishga ulgurgan", — dedi Bobur Rasulev matbuot anjumanida.

Uning fikricha, savdo vakolatxonalari yaxshi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi, eng muhimi, vakolatxonalar Rossiya bozorini masofadan emas, joyida o‘rganish imkoniga ega bo’ladi, bu esa, shubhasiz, o‘zaro savdoga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bobur Rasulevning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston Xitoy va Yevropaning ayrim davlatlarida ham 10 ga yaqin savdo vakolatxonalarini ochish niyatida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing