O'zbekiston og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida oltita medalni qo'lga kiritdi

Sport

Shu kunlarda Peru poytaxti Lima shahrida og’ir atletika bo’yicha o’smirlar o’rtasidagi jahon chempionati bo’lib o’tmoqda, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining matbuot xizmati.

O'zbekiston og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida oltita medalni qo'lga kiritdi
Ortda qolgan kun O’zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o’tib, atletlarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo’lishdi.

Qo'mitaning xabar berishicha, -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ruslan Rahmatjonov 2 ta oltin va 1 ta kumush medalini qo’lga kiritdi.

Shuningdek, qizlarimizdan -59 kg vazn toifasida ishtirok etgan Marjona Abdumutalova 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo’ldi.

Eslatib o‘tamiz, 17 yoshgacha bo‘lgan o’smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati 26-mayga qadar davom etadi. Perudagi turnirda 51 davlatdan jami 284 nafar og‘ir atletikachi kuch sinashadi. Eng ko‘p ishtirokchilar Peruda 19, Meksikada 18, Kolumbiyada 15, Venesuelada 14, Turkiyada 12, AQSh va Tayvanda 11 tadan ishtirok etgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing