O‘zbekiston oltin zaxiralari rekord darajani qayd etdi
O'zbekiston
2025-yil mart oyida O‘zbekiston iqtisodiy mustahkamligi va moliyaviy barqarorligini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkich — oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha tarixiy yutuqqa erishdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat zaxiralari ilk bor $47,85 milliardga yetib, avvalgi rekord darajani ortda qoldirdi.
Faqatgina bir oy ichida — ya’ni mart oyida zaxiralar $2,91 milliardga yoki 6,47 foizga ko‘paydi.
Oltin zaxiralari qiymati $2 milliarddan ortiq o‘sib, $36,88 milliardga yetgani ham alohida e’tiborga molik. Qizig‘i shundaki, bu qiymat o‘sishi fonida oltin hajmi biroz kamaydi — 379,45 tonnadan 367,09 tonnaga tushdi.
Valyuta zaxiralari ham e’tiborga molik darajada — $883 milliondan ziyodga oshib, $10,41 milliardni tashkil etdi. Ularning tarkibida boshqa mamlakatlar markaziy banklari va Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi hisob raqamlari $358,98 million, xorijiy banklardagi aktivlar esa $9,85 milliardni tashkil qilmoqda.
Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham biroz ko‘tarilib, $203,12 millionga yetdi.
Bu kabi yutuqlar xalqaro moliya institutlari va investorlar uchun O‘zbekistonning ishonchli hamkor sifatidagi obro‘sini oshirishga xizmat qiladi. Kelgusida bu zaxiralar mamlakatning tashqi qarzlari va investitsiyaviy loyihalariga nisbatan barqarorlik kafolati sifatida xizmat qilishi mumkin.

Powered by Froala Editor