O'zbekiston o'z madaniyatini butun dunyoga keng targ'ib qilmoqda
O'zbekiston
Joriy yilning 8–9-iyun kunlari Londonda o'tkazilgan "O'zbekiston madaniyati va milliy taomlari" festivali yakunlari Buyuk Britaniyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” agentligi.
Festivalda 100 dan ortiq davlatdan taniqli rassomlar, hunarmandlar, dizaynerlar, turoperatorlar va oshpazlar ishtirok etdi.
Tadbirda Britaniya rasmiylari, ishbilarmonlar, olimlar, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, diplomatik korpus, diaspora vakillari va xorijlik sayyohlar kabi 30 mingdan ortiq mehmonlar qatnashdi.
Britaniyaning Creativity jurnalida chop etilgan "O'zbek madaniyati va taomlari festivali – 2024" sarlavhali maqola muallifi Mariya Bregmanning fikricha, Londondagi o‘zbek madaniyatining noyob festivali musiqa, raqs, oshpazlik namoyishlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalarining qizg‘in bayramiga aylandi.
Bundan tashqari, festivalni Britaniyaning London Cult jurnali va dunyodagi eng yirik mediakorporatsiya BBCning o‘zbek xizmati yoritib bordi.
Maxsus ko'rgazma stendlarida milliy liboslar, xalq amaliy san'ati namunalari, shuningdek, O'zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi kitoblar, albomlar va risolalar namoyish etildi. Mehmonlar uchun konsert dasturi tayyorlanib, maxsus olib kelingan ulkan qozonlarda 2 tonna palov tayyorlandi.
Ushbu madaniy tadbir O'zbekiston elchixonasi, Turizm qo'mitasi, Madaniyat vazirligi, "Vatandoshlar" jamoat fondi va Uzbekistan Airways tomonidan Londondagi o'zbek diasporasi va vatandosh tadbirkorlar ko'magida tashkil etildi.

Powered by Froala Editor