O‘zbekiston paviloni Osaka EXPO 2025 ko‘rgazmasida oltin medalga sazovor bo‘ldi

O'zbekiston

Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tayotgan EXPO 2025 butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasi bo‘yicha oltin medal bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining rasmiy kanalida ma’lum qildi.

O‘zbekiston paviloni Osaka EXPO 2025 ko‘rgazmasida oltin medalga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston taqdim etgan “Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati uchun laboratoriya” konsepsiyasi milliy qadriyatlar va zamonaviy innovatsiyalar uyg‘unligini ifoda etdi hamda xalqaro jamoatchilikda katta e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva ushbu muvaffaqiyatni ta’minlagan jamoa a’zolariga va xalqaro hamkorlarga minnatdorchilik bildirib, bu yutuq O‘zbekistonning jahon miqyosidagi madaniy va intellektual salohiyatini namoyish etganini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing