Oʼzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʼistonga joʼnab ketdi

Siyosat

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozogʼiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan, 3-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga joʼnab ketdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

Oʼzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʼistonga joʼnab ketdi
Tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi.

Oʼzbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʼtkazadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing