O‘zbekiston Prezidenti Buxoroni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni o’tkazilgan yig’ilishda Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti Buxoroni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi
Yig’ilishda ko’plab tashabbuslar ilgari surildi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir:

— Buxoroda bu yil kichik biznesga 5,9 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 2,1 trillion so‘m kredit beriladi;

— Buxorodagi kichik biznes, turizm va servis uchun yana 100 million dollar alohida ajratiladi. Bular orqali iyun-dekabr oylarida 78 ming aholi bandligini ta’minlash mumkin;

— Elektr texnikasi tarmog‘ida bu yil Buxoro shahri va Qorovulbozorda 50 million dollarlik 3 ta yirik quvvat ishga tushadi;

— Temir-beton mahsulotlari chiqaradigan zavod quriladi;

— Buxoroning tarixiy qismida zargarlik markazi tashkil etiladi;

— Buxoroda yiliga 5 million xorijiy turist kelishi uchun sharoit yaratiladi. Shahar markazida “Boqiy Buxoro” madaniy etnografik parki va yangi aeroport qurilishi boshlandi;

— Viloyatdagi 30 ta tarixiy yodgorlikni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Zarafshon daryosi bo‘yida sayilgoh tashkil qilish, To‘dako‘l suv havzasi bo‘yida dam olish maskanlarini ko‘paytirish zarurligi aytildi;

— Rossiyaning Nijegorod viloyati va Penza shahrida Buxoro viloyatining bozorlari barpo etiladi;

— G‘ijduvonlik tadbirkorlar 10-11-sinf va kollej o‘quvchilariga darsdan so‘ng kasb o‘rgatib, 2 million so‘mgacha oylik to‘lash, bepul tushlik va tekin avtobus bilan ta’minlash taklifini bildirgan. Prezident bu taklifni ma’qullab, xayrli tajribaga aylantirish kerakligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda hokimlar va sektor rahbarlarining axboroti, tadbirkorlarning takliflari eshitildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing