Prezident amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O'zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun 17-iyun kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Markaziy Osiyo - Xitoy" formatidagi ikkinchi sammit boshlanmoqda. Tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni, shu jumladan mintaqaviy va xalqaro kun tartibini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi bilan muzokaralari ham rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi bilan muzokaralari ham rejalashtirilgan.
Powered by Froala Editor