O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari o‘nlab milliard dollarlik yangi loyihalarni muhokama qildilar
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilgani qayd etildi.
Muzokaralar chog‘ida yetakchilar O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil yanvar oyidagi Pekin shahriga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.
Siyosiy va idoralararo aloqalarning yuqori sur’ati qayd etildi. Tashqi ishlar vazirlarining strategik muloqoti yo‘lga qo‘yildi, Samarqandda Ikkinchi hududlar forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Iqtisodiy hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. 2024-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 14 milliard dollarga yetdi, qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli 60 milliard dollardan oshdi. Sanoat zonalari, texnoparklar va "BYD" elektromobillarini ishlab chiqarish birgalikda rivojlantirilmoqda.
Yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, xususan, "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" strategik temir yo‘l magistrali qurilishini jadallashtirish masalalari muzokaralarning ustuvor mavzularidan biri bo‘ldi.
Yetakchilar gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga intilishlarini tasdiqladilar. O‘zbekistonda XXR Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universitetining filiali faoliyat ko‘rsatmoqda, Urganchda Xalqaro matematika markazi tashkil etildi, Konfutsiy instituti faoliyati jadal rivojlanmoqda, Xitoyning "Lu Ban ustaxonasi" professional ta’lim tizimi joriy etilmoqda.
2026-yilda madaniyat va san’at haftaliklarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Xitoy BMT, SHHT, "Markaziy Osiyo - Xitoy" formati va boshqa xalqaro platformalar doirasidagi pozitsiyalarni muvofiqlashtirishni davom ettiradi.
Muzokaralarning asosiy natijasi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi Bayonnomaning imzolanishi bo‘ldi, bu mamlakatning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Powered by Froala Editor