O‘zbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Sohir Shamshod Mirzo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasini qabul qildi
Mehmon Pokiston Bosh vaziri Shahbaz Sharifning samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Tomonlar fevral oyida Shahbaz Sharifning Toshkentga qilgan tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar asosida ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Yil boshidan beri savdo aylanmasi 23%, yuk tashish hajmi esa 50% ga oshgani ta’kidlandi. Karachida va Lahorda savdo uylari ochildi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar soni ko‘paydi.

Shuningdek, harbiy va harbiy-texnik sohalarda hamkorlik, zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi qo‘shma choralar ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan Transafg‘on temiryo‘l loyihasini tezroq amalga oshirish zarurligi ham ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing