Oʻzbekiston Prezidenti Pokistonga joʻnab ketdi
Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning taklifiga binoan 5-fevral kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, Islomobod shahrida oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston – Pokiston doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
Sammit yakunida Qoʻshma deklaratsiya va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami imzolanishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida qoʻshma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Powered by Froala Editor