Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonning birinchi Prezidentini tabrikladi

O'zbekiston

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va uzoq umr tiladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonning birinchi Prezidentini tabrikladi
Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevning zamonaviy Qozogʻistonning barpo etilishi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni ilgari surish hamda Oʻzbekiston – Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasini alohida eʼtirof etdi.

Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro koʻmak rishtalariga asoslangan koʻp qirrali hamkorlikning bugun yuqori surʼatda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing