O‘zbekiston Prezidenti yangi investitsiya loyihalarini ma’lum qildi

Biznes

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev III Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi ma’ruzasida o‘tgan yili mamlakatimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi sezilarli darajada o‘sib, salkam ikki baravar ko‘payganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti yangi investitsiya loyihalarini ma’lum qildi
Bu muvaffaqiyatga jahonning yetakchi kompaniyalari va yirik brendlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan 300 dan ortiq sarmoyaviy va sanoat loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida erishildi.

Ushbu loyihalarning asosiy ishtirokchilari orasida O'zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlariga katta hissa qo'shgan ACWA Power, Masdar, Total Eren, Voltalia ,alalkk, Aksa, Air Products, Indorama, Kamse, Orano, Danieli, BYD, Kia, Samsung, Kof va Knauf kabi kompaniyalar bor edi.

Bu galgi forumda Prezidentimiz Linde, Orascom, DataVolt, Bonafarm, Pasha Holding kabi yetakchi jahon kompaniyalari va boshqa hamkorlar ishtirokida yangi yirik loyihalar boshlanganini ma’lum qildi.

Prezidentimiz, shuningdek, O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shayotgan xorijiy investorlar va barcha hamkorlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing