Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Dunyo

Pokiston Bosh vazirining qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Davlat madhiyalari yangradi.

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing