O‘zbekiston qora metallurgiyasi texnologik yuksalish sari qadam tashlamoqda
O'zbekiston
Sanoatning jadal rivojlanishi va yirik infratuzilma loyihalari metallurgiya tarmog‘ini tubdan mustahkamlashni talab qilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda qora metallurgiyani modernizatsiya qilish, xomashyo bazasini kengaytirish hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Davlat rahbari qora metallurgiya qurilish, avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika kabi umumiy qiymati 50 milliard dollardan ortiq bo‘lgan tarmoqlarni xomashyo bilan ta’minlashini ta’kidladi. 2030 yilga borib YAIMni 240 milliard dollarga yetkazish uchun iqtisodiyot har yili 8–9 foiz o‘sishi zarurligi, bu esa metall mahsulotlariga bo‘lgan talabni sezilarli oshirishi qayd etildi.
So‘nggi o‘n yilda listli po‘lat, prokat, quvur va metall konstruksiyalarga bo‘lgan talab uch barobar oshib, 5,5 million tonnaga yetdi. 2030 yilga kelib yangi 180 milliard dollarlik sanoat loyihalari, 27 milliard dollarlik infratuzilma dasturlari hamda 800 ming xonadon qurilishi hisobiga yillik ehtiyoj 8 million tonnadan oshishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda xomashyo bazasini mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda Bekobod metallurgiya kombinati prokatning 40 foizini mahalliy metallolomdan, 60 foizini esa import xomashyosidan ishlab chiqarmoqda. Metallolomning yashirin aylanmasini bartaraf etish maqsadida bir oy ichida maxsus loyiha ofisini tashkil etish hamda 1 avgustdan boshlab «E-lom» elektron platformasini ishga tushirish topshirildi.
Shuningdek, temir rudasi konlarini o‘zlashtirishni jadallashtirish vazifasi qo‘yildi. Surun-ota konidan temir rudasi konsentratini yetkazib berish 2027 yildan boshlanadi, Tebinbuloq konini ishga tushirish esa yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Bundan tashqari, Tojikistondan temir rudasi importi bo‘yicha kelishuvlarga erishildi hamda xususiy investorlarni mahalliy konlarni o‘zlashtirish va xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirini yaratishda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Powered by Froala Editor