O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Vitaliy Savelev, Rossiya Prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va "Rossiyskiye jeleznie dorogi" kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovdan iborat delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi
Uchrashuv avvalida Rossiya delegatsiyasi a’zolari davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Joriy yilning 26-28-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya yo‘nalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing