O‘zbekiston, Rossiya va boshqa davlatlar mudofaaga qancha pul sarflayapti
O'zbekiston
Dunyoda harbiy xarajatlar o‘sishda davom etmoqda: Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda global mudofaa xarajatlari 2,24 dan 2,46 trillion dollargacha oshgan.
Xarajatlar bo‘yicha NATO davlatlari yetakchilik qilmoqda, ammo MDH davlatlari ham o‘z armiyasini moliyalashtirishni sezilarli darajada oshirgan.
MDH davlatlari orasida harbiy byudjet bo‘yicha birinchi o‘rinni Rossiya egallaydi - 2025-yilda u mudofaaga 126 milliard dollar yo‘naltiradi. Keyingi o‘rinda 5 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan Ozarbayjon turibdi. Kuchli uchlikni O‘zbekiston yakunlab, mudofaa uchun 2,8 mlrd dollar ajratgan.
Taqqoslash uchun, Qozog‘iston 2 mlrd, Armaniston 1,7 mlrd, Belarus va Turkmaniston 1,1 mlrd dollardan sarflashni rejalashtirmoqda. Qirg‘iziston va Tojikistonning mudofaa byudjetlari sezilarli darajada kamroq - mos ravishda 221,8 mln va 446 mln dollar.

Powered by Froala Editor