O‘zbekiston sayyohlik markazi sifatida jozibadorligini oshirmoqda
O'zbekiston
Joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida O‘zbekistonga 5 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 16,7 foizga oshgan.
Eng ko‘p sayyohlar qo‘shni davlatlardan kelgan bo‘lib, ularning orasida Tojikiston (1,47 mln) va Qirg‘iziston (1,45 mln) yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Qozog‘iston va Rossiyadan kelganlar soni ham sezilarli darajada yuqori bo‘lgan.
Turkiya, Xitoy va Hindiston kabi davlatlardan ham sayyohlar oqimi oshib bormoqda, bu esa mamlakatning turizm salohiyati ortib borayotganidan dalolat beradi.
Turkiya, Xitoy va Hindiston kabi davlatlardan ham sayyohlar oqimi oshib bormoqda, bu esa mamlakatning turizm salohiyati ortib borayotganidan dalolat beradi.
Powered by Froala Editor