O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

O'zbekiston

2024-yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mixail Galuzinni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi
“Bugun TIVda Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mixail Galuzin janoblari bilan uchrashdik. Mamlakatlarimiz rahbarlari oʻrtasida erishilgan barcha kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirish masalalarini, shuningdek, Oʻzbekiston – Rossiya strategik sherikligining keng koʻlamli kun tartibini muhokama qildik”, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 12-aprel kuni Minskda tashqi ishlar vazirlarining “Markaziy Osiyo+Rossiya” shaklidagi tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari bilan birgalikda ko‘p tomonlama hamkorligimizning dolzarb masalalarini, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga doir takliflarni ko‘rib chiqqan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing