Xitoy inqirozli hududlarda tinchlik va barqarorlikka erishish uchun arab davlatlari bilan hamkorlik qilish niyatida

Siyosat

Si Szinpin Pekindagi Xitoy-Arab hamkorlik forumida Xitoy Arab davlatlari bilan issiq nuqtalardagi muammolarni hal qilishda adolat, uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikka erishishga hissa qo’shadigan tarzda hamkorlik qilish niyatida ekanini ta’kidladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Xitoy inqirozli hududlarda tinchlik va barqarorlikka erishish uchun arab davlatlari bilan hamkorlik qilish niyatida
G'azodagi urush haqida so'zlagan nutqida Xitoy rahbari urush cheksiz davom eta olmasligini, adolat o’rnatilishi va “ikki davlat qarori” yo'lida harakat qilish zarurligini aytdi.

“Dunyoda notinchlik hukm surayotgan paytda oʻzaro hurmat — ahillikda yashashning yagona yoʻlidir, halollik va adolat esa mustahkam xavfsizlikning asosidir”, — deya Si Szinpin soʻzlarini keltirmoqda Sinxua agentligi.

U Bahrayn, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Tunis davlat rahbarlari hamda Arab Ligasining boshqa davlatlari tashqi ishlar vazirlariga murojaat qildi.

Pekin bir necha bor Falastin-Isroil inqirozini ikki davlat tamoyili asosida hal qilishga, shuningdek, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga hamda Falastinni BMTga a’zo bo‘lishga chaqirgan va bu Arab davlatlari pozitsiyasiga to'g'ri keladi.

Xitoy mintaqadagi diplomatik ta'sirini tobora kuchaytirmoqda va aprel oyida Falastinning uzoq vaqtdan beri adovatda bo'lgan HAMAS va FATH guruhlari o'rtasidagi birinchi muzokaralarga mezbonlik qildi. Shuningdek, o'tgan yili Xitoy ikki ashaddiy raqib — Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi ko'p yillik janjaldan so'ng muhim yarashuv bitimiga vositachilik qildi.

Aytish joizki, G'azo inqirozi, ayniqsa Isroil va Eronning so'nggi javob hujumlaridan keyin, mintaqani yanada kengroq mojaroga olib kelishi hech gap emas.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing