O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 19 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport

Iordaniyada boks bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida o‘zbekistonliklar faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 19 ta medalni qo‘lga kiritdi
Turnirda 19 nafar sportchi - 9 nafar yigit va 10 nafar qiz ishtirok etdi. Habibulla Saynazarov (48 kg), Asilbek Abduqodirov (57 kg), Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev (63,5 kg), Diyorbek Murodilloyev (70 kg), Nazokat Mardonova (48 kg), Farzona Ro‘ziyeva (57 kg), Rushanabonu Isoyeva (60 kg), Mavjuda Abdusaidova (80 kg) Osiyo chempioni bo‘ldi.

Finalda O‘zbekistonning 7 nafar vakili mag‘lubiyatga uchrab, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Yana to‘rt nafari bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Turnirda barcha yosh toifalarida o‘zbekistonlik bokschilar 15 ta oltin, 15 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing