O‘zbekiston TIV Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisining befaqt vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Dunyo

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi elchining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston TIV Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisining befaqt vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi
“Indoneziyaning O‘zbekistondagi Elchisi Sunaryo Kartadinata janoblarining bevaqt vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Janob Kartadinata o‘z vatani uchun tinimsiz mehnat qilgan, Indoneziya manfaatlarini g‘oyat professionallik va fidoyilik bilan ilgari surgan taniqli va tajribali diplomat edi. Uning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi beqiyos. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nomidan Elchining oila a’zolari va yaqinlariga hamda barcha indoneziyalik do‘stlarimizga hamdardligimizni bildiramiz", — deyiladi vazirlik xabarida.

Indoneziyaning O'zbekistondagi favqulodda va Muxtor elchisi Sunaryo Kartadinata Toshkentda 74 yoshida vafot etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing