O'zbekiston TIV rahbari "Katta yettilik" mamlakatlari elchilari bilan uchrashdi

Siyosat

2024-yilning 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov "Katta yettilik" mamlakatlari elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.

O'zbekiston TIV rahbari "Katta yettilik" mamlakatlari elchilari bilan uchrashdi
«“Katta yettilik” mamlakatlarining elchilari – Jonatan Xenik janoblari (AQSh), Timoti Smart janoblari (Buyuk Britaniya), Oreliya Bushez xonim (Fransiya), Tilo Klinner janoblari (Germaniya), Agostino Pinna janoblari (Italiya), Alan Xemson janoblari (Kanada), Takashi Xatori janoblari (Yaponiya) hamda Sharlotta Adrian xonim (Yevropa Ittifoqi) bilan uchrashdik. Savdo to‘siqlarini bartaraf etish, yangi ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlarini yaratish, kooperatsiya loyihalariga investitsiya jalb etish va boshqa masalalar yuzasidan umumiy sa’y-harakatlarimizni birlashtirish muhim ahamiyatga ega», — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil mart holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi 149ta davlat bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan va bu aloqalarni qo’llab-quvvatlab kelmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing