O‘zbekiston TIV rahbari Kiprning yangi elchisi bilan uchrashdi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 24-aprel kuni Kiprning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Kipros Yorgallisni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Kiprning yangi elchisi bilan uchrashdi
“Kiprning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Kipros Yorgallis janoblari bilan uchrashib, ishonch yorliqlarini qabul qildik. O‘zbekiston va Kipr tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam muloqot tobora mustahkamlanib borayotgan munosabatlarimizga, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishdagi aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlaydi”, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 2-aprel kuni Baxtiyor Saidov Kipr Respublikasi tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos janoblari bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi barqaror va rivojlanib borayotgan muloqotni har ikki tomon ham qadrlashi ta’kidlangan edi. Qolaversa, O‘zbekiston-Kipr hamkorligini ikki tomonlama darajada, shuningdek, Yevropa Ittifoqi doirasida yanada kengaytirish va mustahkamlashga o‘zaro tayyorlik ta’kidlangandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing