O‘zbekiston TIVning Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi vaziyat bo‘yicha bayonoti
O'zbekiston
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik ortib borayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berib, vaziyatdan xavotir bildirdi.
"O‘zbekiston Hindiston va Pokiston o‘rtasida keskinlik kuchayib borayotganini xavotir bilan kuzatmoqda.
Biz har ikki tomonni bosiqlik ko‘rsatishga, tinchlik va barqarorlik manfaatlari yo‘lida harakat qilishga, shuningdek, vaziyatning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqiramiz.
O‘zbekiston mojaroni yumshatish va tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor."

Powered by Froala Editor