O‘zbekiston uy mezbonligidagi kimyo olimpiadasini tarixiy oltin bilan yakunladi
O'zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida bir oltin va uch kumush medalni qo‘lga kiritdi. Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilgan nufuzli musobaqa tantanali yopilish marosimi bilan yakunlandi va mamlakat ta’lim tizimi uchun muhim voqeaga aylandi.
Musobaqaning eng muhim natijalaridan biri Rayhona Tuymurodovaning tarixiy muvaffaqiyati bo‘ldi. U Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik qiz sifatida tarixga kirdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bir oltin va uch kumush medalni qo‘lga kiritdi. Rossiya vakillari to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Arseniy Gasanenko olimpiadaning mutlaq g‘olibi deb topildi.
Yopilish marosimida estafeta bayrog‘i keyingi mezbon davlatga topshirildi. 2027-yilda 59-Xalqaro kimyo olimpiadasi Tayvanda bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor