O‘zbekiston va Buyuk Britaniya TIV rahbarlarining o'rinbosarlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

Siyosat

Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar faol mustahkamlanib, o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalari izchil kengayib borayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya TIV rahbarlarining o'rinbosarlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Muzaffar Madrahimov kecha Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Leo Dokerti bilan muzokaralar o'tkazdi. Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, tomonlar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O'zbekiston-Buyuk Britaniya muloqotining holati va istiqbolli yo'nalishlari yuzasidan fikr almashdilar hamda bo'lajak qo'shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.

Ayniqsa, iqtisodiy diplomatiya ikki tomonlama hamkorlikning muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida qaralayotgani ta'kidlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing