O‘zbekiston va Eron energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda

O'zbekiston

Bu haqda ikki davlat energetika vazirlari Jo'rabek Mirzamahmudov va Ali Akbar Mehrabian Tehrondagi uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda IRNA.

O‘zbekiston va Eron energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda
“Eron va O'zbekistonda eng yuqori iste'mol davrlari turlicha. Eron ortiqcha elektr energiyasiga ega bo'lsa, uni O'zbekistonga eksport qilishi mumkin, yozda esa mamlakat ko'proq elektr energiyasiga muhtoj bo'lganda, uning ortiqcha qismi O'zbekistondan import qilinadi. Biz ushbu masalani texnik va huquqiy tomondan muhokama qilmoqdamiz va O'zbekiston bilan bunday hamkorlikni boshlashga umid qilamiz”, — dedi Mehrabian.

O‘zbekiston energetika vaziri Mirzamahmudov O‘zbekistonda iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi tufayli gaz va neft mahsulotlaridan foydalanish keskin oshganini ta’kidladi. Shu bois Eron neft sanoati bilan hamkorlik yo‘nalishlaridan biri neft va gazni qayta ishlash zavodlarini qurish va gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing