O‘zbekiston va Fransiya yangi kelishuvlar tuzmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston va Fransiya iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Fransiyaning eng yirik "MEDEF International" biznes-assotsiatsiyasi vakili Klod Imoven boshchiligidagi fransuz tadbirkorlari delegatsiyasi bilan uchrashdi. Tomonlar istiqbolli loyihalar va sheriklikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Yirik kompaniyalar va davlat tuzilmalari vakillari ishtirokidagi uchrashuvda davlat-xususiy sheriklik, infratuzilma, "yashil" energetika, transport va aeroportlarni modernizatsiya qilish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Fransiya vakillari O‘zbekiston hududida strategik loyihalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
"MEDEF International" - Fransiyaning eng yirik tadbirkorlar uyushmasi bo‘lib, milliy biznesning xalqaro bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlaydi. Tashkilot 120 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik qilib, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Muzokaralar mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish va tajriba almashishni faollashtirish bo‘yicha kelishuv bilan yakunlandi.

Powered by Froala Editor